Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌱 Yer masalalari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularga qurilgan bino va inshootlarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tuman ishchi guruhiga o‘zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli takliflar ko‘rib chiqilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 3