Uchrashuv davomida yoshlarning bandlik, ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari atroflicha tinglanib, har bir taklif va muammo individual yondashuv asosida ko‘rib chiqildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Eng muhimi, murojaatlar yuzasidan aniq va amaliy choralar belgilab olinib, tegishli “yettilik” a’zolariga masalalarni joyida hal etish, ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan muloqotning samarali tizimi shakllanayotganini, ularning muammolari e’tiborsiz qolmasdan, har bir murojaat ortida aniq yechim va natija turishini yana bir bor namoyon etdi.