Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

#24_ta_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan deputat F.Shakarov bilan birgalikda Yangiobod mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, 2 ta erta nikoh va 2 ta qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldi olinib, 8 ta nizoli oila yarashtirilgan.

Shuningdek, bitiruvchi qizlarning qiziqishlari o‘rganilib, 4 nafar boquvchisini yo‘qotgan qizga grant olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan hamda 3 nafar xotin-qiz tadbirkorlik va kasanachilikka o‘qitilgan.

Mahalladagi 12 nafar xotin-qizning turli muammolari hal etilgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 3 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan.

Ayollar daftari doirasida ishsiz xotin-qizlarning 20 nafari bandligi ta’minlanib, tibbiy, psixologik va huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda. O‘rganish yakunida tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2