Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
Deputat mahallada Yoshlar kelajagi — e’tibor va amaliy ko‘makda

 Yoshlar kelajagi — e’tibor va
amaliy ko‘makda
 

  

Xalq deputatlari Piskent
tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi
deputati R.Muxtorova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova
tomonidan hududdagi yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligini ta’minlash
borasidagi ishlar samaradorligi o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida
"Yoshlar daftari" va yetakchilar tomonidan amalga oshirilgan ijobiy
ishlar sarhisob qilindi:
 

Migratsiyadan qaytgan
yoshlar: Xorijdan qaytib kelgan 1 nafar yoshning bandligi ta’minlanib, ijtimoiy
hayotga moslashuviga ko‘maklashildi.
 

Ta’limga ko‘mak: Oliy ta’lim
muassasasida tahsil olayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 nafar talabaning
to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi.
 

Oilaviy tadbirkorlik: O‘z
ishini boshlash istagida bo‘lgan 1 nafar yoshga 50 million so‘m miqdorida
imtiyozli kredit ajratildi. Hozirda ushbu mablag‘ evaziga nonvoychilik
faoliyati yo‘lga qo‘yilib, oilaviy tadbirkorlik rivojlantirilmoqda.
 

Muhim ko‘rsatkich: Mahalla
yoshlari o‘rtasida olib borilayotgan tizimli targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar natijasida hududda probatsiya va profilaktik hisobda
("prouchyot") turuvchi yoshlar mavjud emasligi aniqlandi. Bu esa
mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilganidan dalolat beradi.
 

"Yoshlar bilan ishlash
faqat raqamlarda emas, balki har bir yigit-qizning taqdiridagi ijobiy
o‘zgarishlarda aks etishi kerak. Bugungi o‘rganish natijalari yoshlar
yetakchisi va mahalla yettiligining hamjihatligini ko‘rsatmoqda", — dedi
deputat R.Muxtorova.
 

Deputatlar tomonidan
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va band bo‘lmagan yoshlarni
kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/