Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
Parpashabof mahallasidagi xonadonning yashash sharoitlari o‘rganildi!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Devonbegi ko‘chasida istiqomat qiluvchi Fayzimatova Dinoraxon va Ro‘zmatov Mannonxonlar xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoitlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur oilada uch nafar voyaga yetmagan farzand tarbiyalanayotgani, xonadonning bugungi holati esa og‘ir ekani aniqlandi. Xususan, turar joyning ta’mirtalabligi, yashash uchun zarur qulayliklarning yetarli emasligi hamda uy-joyni zudlik bilan ta’mirlash zarurati ko‘zdan kechirildi. Suhbat davomida uy egalari tomonidan mavjud muammolar yuzasidan murojaat qilinib, xonadonni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘mak so‘raldi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, mahalla raisi hamda hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim bilan birgalikda masala atroflicha muhokama qilindi. Oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash, xonadonni ta’mirlash ishlarini tashkil etish hamda zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan amaliy ishlar boshlanishi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholini ijtimoiy himoya qilish, manzilli yordam ko‘rsatish va fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5