Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi

Joriy yilning 13-may kuni Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari, kengash kotibiyati va aloqador korxona-tashkilot rahbarlari  qatnashdi. Ushbu sessiyaga Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Husniddin Ernafasov raislik qildi. Sessiya kun tartibida 9 ta masala koʻrib chiqildi.

Xususan:

1. 2026-yilning I choragi davomida shaharda favqulotda vaziyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.

2.   Shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

3. “Olmazor tajribasi” asosida Zarafshon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risida.

4. Shaharda yoshlar va bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining shahar soliq inspeksiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari to‘g‘risida.

6. Zarafshon shahar budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda undan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

7. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

8. Shaharda jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida.

9. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol turi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining Zarafshon shahar bosqichini yuqori saviyada tashkil etishni moliyalashtirish to‘g‘risida.

Yuqoridagi masalalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9