Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
янв.21
Bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tuproqqalʼada murojaatlar bilan ishlash tizimi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
20-son “Nurobod” saylov okrugida soliq tushumlari ijrosi va mahalla hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Soliq tushumlari va yashirin rezervlarni aniqlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida mangu
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORALARI O‘RGANILDI

MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini nazorat qilish tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borildi. Mazkur jarayonda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov ishtirok etishdi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

Mahalla yettiligi faoliyati: Yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Hokim yordamchisi faoliyati: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Kambag‘allikni qisqartirish: Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan manzilli ishlar, xususan, "Kambag‘allikdan farovonlikka" dasturi doirasidagi chora-tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish yakunida deputatlar va mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla yettiligi ishini yanada jonlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq bilan muloqot va manzilli o‘rganishlar davom etadi.Telergram 

Slide 1 of 4