Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan hududdagi 6-Qorasuv saylov okrugiga qarashli Gulzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida mahalla “yettiligi” tarkibidagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan o'rganildi Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, “ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolar holati o‘rganilib, ular bo‘yicha yuritilgan hujjatlar va papkalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarning yashash sharoiti, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash ishlari yuzasidan Mahbuba Mengliyevani ma'lumoti tinglandi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1