Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
“Kelajak” MFYdagi 5-DMTT muammolari o‘rganildi

“Kelajak” MFYdagi 5-DMTT muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S. Nazarova hamda kotibiyat mudiri A. Avliyakulov birgalikda “Kelajak” MFY hududidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan 5-DMTTdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida muassasadagi shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jarayonda muassasada ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, xususan unitazlar uchun suv hamda hududdagi yerlarni sug‘orish suvi yetishmasligi aniqlandi. Suv tanqisligi sababli ekilgan daraxtlarning qurib qolayotgani ham qayd etildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, muassasadagi sharoitlarni yaxshilash hamda bolajonlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4