Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman soliq inspeksiyasi faoliyati bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” yig‘ilishida yangi tashabbuslar ilgari surildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tuman Inson ijtimoiy xizmatlari markazida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
Kengash raisi mahalla yettiligi bilan uchrashdi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabdagi sog‘lom ovqatlantirish tizimi holatini o‘rgandi
“Kunchiqish” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlari o‘rganildi

“Kunchiqish” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘ziga biriktirilgan 15-Zarkamar saylov okrugi deputati A. Xolmo‘mirov hududidagi “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, ularni ijtimoiy foydali mashg‘ulotlarga jalb etish hamda sog‘lom muhitni shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullar bilan fikr almashilib, profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi ishlar hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash va yoshlar tarbiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Xolmominov #J_Donayev

Slide 1 of 2