🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov tomonidan shahardagi qator maktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi.
🔸Jumladan, “A.Navoiy” MFYda joylashgan 7, 8-sonli, “Toshloq” MFYda joylashgan 10-sonli, “Madaniyat” MFYda joylashgan 13,14-sonli, "Z.M.Bobur" MFYda joylashgan 15-sonli, “Qassoblik” MFYda joylashgan 16-sonli hamda “Zargarlik” MFYda joylashgan 26, 29-sonli maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida o‘rganishlar olib borildi.
🔸Unda bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlikni ta‘minlash, elektr va sanitariya talablariga rioya etish, shuningdek, mavsumdan kelib chiqib yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi holatlari atroflicha tahlil qilindi.
🔸Shu bilan birga, ta‘lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mashg‘ulotlarning sifat darajasi hamda muassasalarda oziq-ovqat ta‘minoti holati yuzasidan ham o‘rganishlar o‘tkazildi.
🔸O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohadagi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berilib ijrosi nazoratga olindi.
🔸Shuningdek, “Toshloq” MFYda joylashgan 10-sonli, “Madaniyat” MFYda joylashgan 14-sonli maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklari bo‘yicha joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.