Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorlikda Romish mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli M.Homidovaning faoliyatini o‘rgandilar.

✔️O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki, bandligini ta’minlash va muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✔️Shuningdek, tadbir doirasida xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikka keng jalb qilish, doimiy daromad manbai yaratish orqali bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan qizlar uchun mavjud imtiyozlar, qabul jarayonlari va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

✔️Uchrashuv davomida ishtirokchilarga davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qaror va dasturlar mazmun-mohiyati yetkazildi. Shu bilan birga, mahalladagi xotin-qizlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

✔️Mazkur tashrif va o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari Romish mahallasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6