Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada murojaatlar bilan ishlash natijalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi
янв.21
Sessiya oldidan doimiy komissiyalar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
“Xalqobod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, hududda olib borilayotgan ishlarning holati, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama etildi.

⏺Shuningdek, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, ularning samaradorligini oshirish, aholining muammolarini tizimli ravishda hal etish, hududlarni kompleks rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⏺Tashrif doirasida mahalladagi investitsiya dasturiga kiritilgan 210 o‘rinli 5-maktab qurilish obyekti ham ko‘zdan kechirildi. Qurilish jarayonining borishi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ishlar sifati hamda foydalanilayotgan materiallar yuzasidan deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi. Mutasaddi tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

⏺Mazkur o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6