Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada murojaatlar bilan ishlash natijalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi
янв.21
Sessiya oldidan doimiy komissiyalar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
“Yangi hayot” mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi

“Yangi hayot” mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi

🏢 Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova 20-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo'minovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev bilan birgalikda “Yangihayot” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✨ Tashrif davomida, avvalo, mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.

⚡️ Shuningdek, mahallada aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Sport maydonchalari va mavjud infratuzilmaning holati o‘rganilib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🏫 Bundan tashqari, mahallada qurilishi davom etayotgan xususiy maktab hamda hiyobon qurilishi bilan ham tanishilib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilish sifati va muddatlari muhokama qilindi. Ushbu obyektlarning foydalanishga topshirilishi hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

🤝 Tashrif yakunida hududni yanada obod qilish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

#J_Xudoyqulova #J_Donayev

Slide 1 of 3