Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Maxammatov hamda komissiya a’zosi B. Kulbuldiyevlar tomonidan “Navobot naslli parranda” fermer xo‘jaligida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati 

#Deputatlar_faoliyati 

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Maxammatov hamda komissiya a’zosi B. Kulbuldiyevlar tomonidan “Navobot naslli parranda” fermer xo‘jaligida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur parrandachilik loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi “2022–2026-yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan, jami 211 mln so‘m investitsiya kiritish orqali qurilmoqda. Obyektning umumiy maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etadi. Qurilish ishlari yakunlangach, 5 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha hududda parrandachilikni rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3