Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada murojaatlar bilan ishlash natijalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi
янв.21
Sessiya oldidan doimiy komissiyalar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
Deputat – doimiy komissiya – Yoshlar maslahat guruhi hamkorligi

Deputat – doimiy komissiya – Yoshlar maslahat guruhi hamkorligi

️ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashi deputati N.Xamdamova, tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorovlar hamkorligida “Sarijar” mahallasida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

️ O‘rganish jarayonida:

️ Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, to‘y-marosimlarni isrofgarchiliksiz, ixcham o‘tkazilishini ta’minlash;

️ Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mahallani har tomonlama rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

️ Mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish jumladan, ta’lim, tibbiy xizmat, sport, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

️ Shuningdek, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyillarini targ‘ib qilish, xususan, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi hamda erta nikohlarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirish;

️ Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ular yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish, yordamga muhtoj hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish holatlari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 3