Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada murojaatlar bilan ishlash natijalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi
янв.21
Sessiya oldidan doimiy komissiyalar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
Sessiya qarori bilan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati 

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#Sessiya_qarori_ijrosi 

Sessiya qarori bilan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovlar tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 16-apreldagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi VII-25-43-7-100-K/26-sonli qarori ijrosi Qirqovul va Darvishiq mahallalarida o‘rganildi.

Mazkur qarorga asosan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tumandagi 14 nafar birinchi guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli shaxslar mavjud bo‘lmagan fuqarolarning uy-joylarini energiya tejamkorlik asosida ta’mirlash uchun mablag‘ ajratilgan.

O‘rganish jarayonida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarda sarflanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va muddatlariga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3