Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
Deputat Abdullayev Javlonbek Kosonsoy tumanida aholi muammolari yuzasidan so‘rov yubord

Kosonsoy tumani 20-Mahdumi A’zam saylov okrugida o‘tkazilgan sayyor qabullar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi bir qator dolzarb muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 Mazkur murojaatlar asosida Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Abdullayev Javlonbek tomonidan Kosonsoy tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi

✏️ So‘rovda quyidagi asosiy masala ko‘tarildi:

✍️Kosonsoy tumani markaziy bozor hududida joylashgan “Guliston Sof savdo” MChJ boshqa tadbirkorga o‘tganligi munosabati bilan mazkur hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan qator asosli noroziliklar bildirilmoqda.

Jumladan:

🔷Yangi rahbariyat tomonidan amaldagi ijara shartnomalariga qo‘shimcha ravishda asossiz ijara to‘lovlari talab qilinayotgani;

🔷Bozor hududidagi savdo do‘konlari o‘rtasidagi harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘laklarda qo‘shimcha savdo nuqtalarini joylashtirish rejalashtirilayotgani;

🔷Bu holatlar tadbirkorlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani hamda bozordagi sanitariya, xavfsizlik va erkin harakatlanish talablariga zid kelishi mumkinligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

📂 Deputat so‘rovining asosiy maqsadi — mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitini yaratishdan iborat

Slide 1 of 2