Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
🔰DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILMOQDA

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Sh.Ramazonova Gulbog‘ MFY hamda Bog‘i baland MFY hududlarida joylashgan 2-, 7-, 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘llagan deputatlik so‘rovi tegishli tashkilot tomonidan o‘rganib chiqildi. 

🔷Gulbog‘ MFY hamda Bog‘i baland MFY hududlarida joylashgan 27-, 7- va 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularning erta yoshdagi rivojlanishidagi nuqsonlar va turli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹 Hozirgi kunda mazkur masala nazoratga olingan bo‘lib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mutaxassislari — pediatr, nevropatolog, oftalmolog, otorinolaringolog hamda ortoped shifokorlar tomonidan rejali tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

📌 Rejaga muvofiq:

— 2-sonli MTTda 24.04.2026 yil

— 7-sonli MTTda 22.04.2026 yil

— 29-sonli MTTda 23.04.2026 yil

kunlari tibbiy ko‘riklar o‘tkazilidi

Slide 1 of 1