Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
📊 Mingbuloq ovulida yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.

📊 Mingbuloq ovulida yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan “Mingbuloq” ovulida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📌 Ovuldagi mavjud holat:

▪️ 14–30 yoshdagi yoshlar – 62 nafar

▪️ 0–14 yoshdagi bolalar – 104 nafar

▪️ Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari aniqlanmagan

🎯 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ovulda ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bu esa yoshlarning faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularni turli salbiy illatlardan himoya qilishda muhim omil bo‘lmoqda.

💼 2026-yil boshida 4 nafar ishsiz yosh “Yoshlar bandligi dasturi”ga kiritilib, ularning bandligi ta’minlandi. Ayni paytda ovulda ishsiz yoshlar mavjud emas.

✅ Mazkur natijalar hududda yoshlar bilan ishlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi.

📍 Yoshlar masalasi – doimiy e’tiborda va deputatlar nazoratida!

Slide 1 of 1