📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan mahallalarda tibbiy xizmat sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, hududlarda faoliyat yuritayotgan patronaj hamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida aholi bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, tibbiy xizmatdan foydalanish darajasi, uyma-uy xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, patronaj xizmatini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, deputat tomonidan tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati