Nazorat tadbiri davomida xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 9-fevraldagi qaroriga muvofiq, maktabning isitish tizimini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan ishlar holati bilan tanishildi.
Tadbir davomida mas’ul vakillar bilan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlarning sifati va ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ta’lim muassasalarida zamonaviy va barqaror infratuzilmani yaratish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun, mazkur maktabning isitish tizimini ta’mirlash ishlari uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 63 600 000 (oltmish uch million olti yuz ming) so‘m mablag‘ ajratilgan edi