Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuproqqal’a tumanida muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Tuproqqal’a tumani filiali tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.
янв.21
Saxovat mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
ТУМАНИМИЗДА ПАХТАЧИЛИКДА ЯНГИЧА ЁНДАШУВ!
янв.21
2026-yil yozgi sug‘orish mavsumi: suvdan samarali foydalanish bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga 10-“Saidlar” saylov okrugidan saylangan deputat Qurbonova Nafisa Rahimovna 8-son maktab kutubxonasida bo‘lib, deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
Kengash so'rovi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sh. Axmedova “Yangi zamin” mahallasida “Inson” ijtimoiy xodimi hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarga tashrif buyurdi.
янв.21
Xalq deputati mahallada
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov Yashnobod tumani “Uchchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Unda Yashnobod tuman Qurilish va uy-joy kommunal bo‘lim boshlig‘i Dehqonali Turobov, “Madad” NNO xodimi, tuman Kengashi deputati O‘rol Muhammadiyev, gaz ta’minoti aholiga xizmat ko‘rsatish xizmati boshlig‘i Nodir Buzurxonov, “Suvsoz” hudud muhandisi Otabek Ahmadov, Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sardor Abdurahmonov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Bobur Mahmudov hamda boshqa mutasaddi tashkilot vakillari, mahalla faollari va fuqarolar, yettilik a’zolari ishtirok etdi.

📝 Axborot davomida deputat tomonidan hududlarda aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda mahallalarda xavfsiz va obod muhit yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, mahallabay ishlash tizimi asosida muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.

📊 Shuningdek, deputat joriy yil davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida faol ishtirok etib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va aholi murojaatlarini tizimli hal etish yuzasidan qator takliflar ilgari surganini qayd etdi.

🌀 Yig‘ilish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar tegishli tashkilotlardan kelgan mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilinib, ularning ayrimlari joyida yechim topdi. Shuningdek, “Madad” NNO xodimi tomonidan fuqarolarga mavjud muammolarni hal etish yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi.

🗣 Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan yo‘l infratuzilmasi, kommunal xizmatlar, elektr va gaz ta’minoti, obodonlashtirish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

 🔺 Axborot yig‘ilishidan so‘ng fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan hududlarga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Jumladan, piyodalar o‘tish yo‘lagi belgisi mavjud hududlarda yo‘l chiziqlari yetarli emasligi, ayrim avtobus bekatlarida qulay sharoitlar yaratilmagani, elektr ta’minoti tizimida simlarning to‘liq tartibga keltirilmagani hamda tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmagan holatlar aniqlandi.

🔎 Yakunda mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 1