Bodomzor mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi raisi Rovshan Yusupov tomonidan Bodomzor mahallasida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
Unda, ayniqsa, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan qizil va sariq toifadagi hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish va hududlarda osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bu kabi o‘rganishlar mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi uchun yanada xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!