Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Deputat murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
Deputat nazoratida: hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari

Deputat nazoratida: hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari

Joriy yilning 8 aprel kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati S.Ikromov o‘zi saylangan hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini bevosita nazorat qilib bormoqda. Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hozirgi kunda elektr ta’minotini yaxshilash va xavfsizlikni oshirish maqsadida beton ustunlar o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ushbu jarayon deputat tomonidan joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, ishlarning sifati, belgilangan me’yorlarga mosligi hamda o‘z vaqtida bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglanmoqda. Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasdan, amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Hududni yanada obod qilish, aholining turmush darajasini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6