Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada murojaatlar bilan ishlash natijalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi
янв.21
Sessiya oldidan doimiy komissiyalar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiyada ekologiya sohasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Deputat bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandi
янв.21
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi
янв.21
“Yoshlar maslahat guruhi” ishchi komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
Namangan shahrida elektrobuslar loyihasi amalga oshiriladi

Namangan shahrida elektrobuslar loyihasi amalga oshiriladi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Namangan shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasi konsepsiyasi ma’qullandi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha konsepsiyasi Namangan viloyati transport boshqarmasi tomonidan taqdim etildi hamda xalqaro konsulting kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Loyiha doirasida Namangan shahri jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida 105 dona zamonaviy elektrobus xarid qilinishi hamda ular uchun zarur bo‘lgan infratuzilma — zaryadlash stansiyalari, texnik xizmat ko‘rsatish obyektlari va boshqa zarur tizimlar bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilangan.

Elektrobuslar harakati uchun yo‘nalishlar Namangan shahar yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi asosida belgilanadi. Shuningdek, tegishli tashkilotlarga loyiha doirasidagi qurilish, yo‘l infratuzilmasi, yo‘l harakati xavfsizligi, kommunikatsiya va obodonlashtirish tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida:

shahar jamoat transporti sifati oshadi;

ekologik toza transport tizimi rivojlanadi;

yo‘lovchilarga qulayliklar yaratiladi;

shahar transport tizimi zamonaviy bosqichga olib chiqiladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi hamda shahar hokimining tegishli o‘rinbosari zimmasiga yuklatildi.

Slide 1 of 1