Mazkur qarorga muvofiq, quyidagi imkoniyatlar joriy etildi:
🔅Haydovchilik kurslari uchun kompensatsiya – “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda “Mehribonlik” uylari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlarga haydovchilik kurslari xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
🔅 Harbiy xizmat badalini qoplash – ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat badali to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi.
🔅Kasbga qayta tayyorlash xarajatlari – xususiy sektorga ishga kirgan yoshlarni qayta o‘qitish xarajatlarining 50 foizigacha qismi kompensatsiya qilinadi.
🔅Ta’lim va sertifikat xarajatlari – xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qish hamda milliy sertifikat olish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi.
🔅Amaliyot davrida subsidiya – professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida oylik subsidiya bilan ta’minlanadi.
🔅Kompyuter xaridi uchun kredit imtiyozlari – “Bir million dasturchi” loyihasi ishtirokchilari uchun kompyuter xaridiga kreditlar ajratilib, foiz to‘lovlarining bir qismi qoplab beriladi.
🔅Mazkur qaror yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, bandligini ta’minlash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga keng imkoniyatlar yaratadi.
🫥Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali yoshlarimiz o‘z kelajagini mustahkam qurishlari mumkin.