⏺Uchrashuvning asosiy mavzusi — Prezidentimizning PF-209-sonli Farmoni asosida mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘ldi.
💬Deputat saylovchilarga “Mahalla yettiligi” tizimining yangi vazifalari, ularning aholi muammolarini hal etishdagi mas’uliyati va vakolatlari haqida batafsil tushuncha berdi.
💬Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar tinglandi:
🔅Ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash;
🔅Kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish;
🔅Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash.
🫥Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir murojaat va taklif deputat tomonidan qayd etildi. Mazkur muammolarni tizimli ravishda hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.
📶"Deputat va xalq o‘rtasidagi doimiy muloqot — jamiyatdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishning eng samarali yo‘lidir. Har bir murojaat ortida inson dardi va ishonchi yotibdi," — deya ta’kidladi X.Xolmuminov.