Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 10-sonli saylov okrugidan saylangan deputati Fotima Saidabdullayeva o‘z saylov hududida hashar ishlarini tashkil etdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
**Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi**
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining navbatdagi 21 sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari **Nafosat Allaberganova** tomonidan 3-son maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN MAHALLADA 300 DAN ZIYOD KO‘CHAT EKILDI

Hududni yanada obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Abbos Isakulov tashabbusi bilan keng ko‘lamli ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir hududni ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni asrash va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Aksiya davomida hududning turli qism va ko‘chalari bo‘ylab 300 dan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Ushbu ko‘chatlar kelgusida hududning yanada ko‘rkam, yashil va fayzli bo‘lishiga xizmat qilishi, aholiga toza havo va qulay muhit yaratishi kutilmoqda.

Mazkur xayrli tashabbusda mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, ko‘chat ekish va hududni obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.

Slide 1 of 6