Oqdaryoda bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha memorandum imzolandi.
✍️ Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D. Adilova hamda MADAD nodavlat notijorat tashkilotining Oqdaryo tumani vakili F.Sahadinov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari:
🔹 Fuqarolarga bepul birlamchi huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini kuchaytirish;
🔹 Deputatlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash;
🔹 Tuman Kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi va sifatini oshirish.
Mazkur tashabbus natijasida:
Aholi o‘zini qiynayotgan masalalar yuzasidan malakali yuristlardan bepul va tezkor maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, Kengash tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar puxta huquqiy tahlildan o‘tkazilib, ularning asosli va qonunchilikka to‘liq mos bo‘lishi ta’minlanadi.