2026-yil 10-13-mart kunlari uchun belgilab olingan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, joriy yilning 11-mart kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi ijtimoiy obyekt maktab faoliyati bilan tanishildi.
Maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar va maktab kutubxonasi, kompyuter xonalari, sport zali va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, sport jihozlari holati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek maktabda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.