Yangiliklar

XOTIN-QIZLAR MANFAATI – USTUVOR VAZIFA

Ayni kunlarda Qo‘shko‘pir tumani mahallalarida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasining 2026-yil 7-fevraldagi 2-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli xatlov ishlari olib borilmoqda.                  

  Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati Z. Raximo'va ishtirokida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz hamda ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar tashkil etilmoqda. Xatlov jarayonlarida har bir xonadon kesimida xotin-qizlarning ehtiyojmandlik darajasi atroflicha tahlil qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.