Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan hududga borilib, mavjud holat atroflicha tahlil qilindi hamda muammoning kelib chiqish sabablari aniqlashtirildi.
Shundan so‘ng, masalani tezkor va samarali hal etish maqsadida Farg'ona suv ta'minoti AJning Marg‘ilon shahar bo‘limi mas’ullari bilan bog‘lanildi.
Mazkur murojaat ijrosi deputat nazoratiga olinib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.