🔰Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev shahardagi "Navro'z" mahalla fuqarolari yig‘inida bo'lib, mahallada faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligining olib borayotgan ishlari o‘rganildi.
📝Deputat tomonidan mahallada aholi muammolarini aniqlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi va fuqarolar bilan bevosita muloqot masalalari ko'rib chiqidi.
✅O'rganish yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda kelgusida mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Deputat Abdujabbor Djurayev tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.