Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#o'rganish #nazorat #natija

Olmaliq shahrida yoshlar bilan ishlashning samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Xalq deputatlari Olmaliq shahar deputati, shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar buning yaqqol isbotidir.

Jarayonda asosiy urg‘u «har bir yoshga – alohida e’tibor» tamoyiliga qaratilmoqda.

​Xususan, shahar rahbari yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy ko‘mak berish masalalarini bevosita joylarda o‘rganmoqda. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, muammolarning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

​Bu kabi tizimli chora-tadbirlar nafaqat mavjud muammolarni bartaraf etish, balki yosh avlodning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Slide 1 of 3