Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 10-sonli saylov okrugidan saylangan deputati Fotima Saidabdullayeva o‘z saylov hududida hashar ishlarini tashkil etdi.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
**Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi**
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining navbatdagi 21 sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat uchrashuvi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari **Nafosat Allaberganova** tomonidan 3-son maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA MIROBOD TUMANI HOKIMI, TUMAN DEPUTATLARI VA SEKTOR RAHBARLARI BIRGALIKDA DARAXT EKDILAR

Mirobod tumanida "Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, yashil maydonlarni ko‘paytirish kabi istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, bugun, Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori v.b. Umid Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i O.Xadjayev, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Inomov va Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputatlari “Fayziobod” mahallasida mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar. 

“Yashil makon” – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2021-yildan buyon amalga oshirilib kelayotgan umummilliy harakatdir. Loyiha doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Toshkent “yashil belbog‘i” yaratilmoqda. 

Mirobod tumanida barpo etilayotgan yashil hududlar ham ushbu loyihaning uzviy bir qismidir. 

Tumanda joriy yilda 36647 dona daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. 

Safimizga qo‘shiling - tumanimizni yashil makonga aylantirib, o‘zimiz uchun, bolalar, farzandlar, kelajak avlodlar uchun hech bo‘lmaganda bir siqim yaxshilik, bir misqol toza havo, bir chimdim soya yarataylik – har birimiz hech bo‘lmaganda bittadan ko‘chat o‘tqazib, parvarishlaylik. 

Bu sizu bizning qo‘limizdan keladigan va bajarishimiz zarur, insoniy burch bo‘lgan ishdir.  

Ko‘chat o‘tqazib, yurtni obod qilishdek xayrli ishda chekkada turmang, aziz yurtdoshlar!  

Yangi O‘zbekiston – Yashil makonda birga yashaylik! 

Slide 1 of 8