21-oktabr kuni Tuproqqalʼa tumanida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
mazmunli chellenj o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va ifoda imkoniyatlarini namoyish etishdi. Undan Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputatlari Fatima Seydabdullayeva, Xushnudbek Sultonovlar ishtirok etib, kun munosabati bilan yozilgan bejiklarni
tadbir ishtirokchilarining ko‘ksiga ilib, bayram bilan tabrikladilar.