Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 24 ta muhim tavsiya ijrosi o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va qozonxonalar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari
янв.21
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi
O‘rganish

🔷18-saylov okrugi deputati Feruza Radjabova fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

🔶Navbatdagi murojaatda fuqaro tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish istagi bildirilgan. Mazkur murojaat yuzasidan deputat tashabbusi bilan tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida murojaatchining tashabbusini amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar, zarur talablar hamda tegishli tartib-taomillar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, amaldagi tartiblar yuzasidan mas’ullarning fikrlari tinglandi.

🔶Muloqot davomida fuqaroga mavjud imkoniyatlar, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda tashabbusni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4