Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va 24 ta muhim tavsiya ijrosi o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Arabmozor mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va qozonxonalar holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarorining ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari
янв.21
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi
Ipak yo‘li mahallasida aholi bandligi va daromadlarini oshirish borasidagi ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Ipak yo‘li mahallasida o‘tkazilib, unda Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati A.Mahkamov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla darajasidagi ijrosi, xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, mahallada davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan 50 o‘rinli “Osmondagi bolalar” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi. Tadbirkor Ahmadjonova Shoxsanam Shodmonjon qizi tomonidan tashkil etilgan mazkur bog‘chada ayni paytda 7 nafar xodim mehnat qilmoqda.

O‘rganish jarayonida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, mahalla aholisini, ayniqsa, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu asosda bog‘chaga ijtimoiy reyestrda bo‘lgan fuqarolardan birini ishga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur holat mahallada mavjud tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatlaridan foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda ularning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotganini ko‘rsatadi.

Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. Aholi bandligi va daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 8