Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONARIQ MFYDAGI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Deputatlar Qumariq mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdi.
янв.21
Toshloq tumanida 53-Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Sherobodda Namunali Kengash faoliyati o'rganildi

Sherobod tumanida Oliy Majlis Senati a'zosi, viloyat Kengashi deputati Dilbar Suvonova, viloyat Kengashi deputati Mehri Narbasheva, tuman Kengashining doimiy komissiya raislari hamda kotibiyat hodimlari ishtirokida "Namunali Kengash" faoliyati bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-son Farmoniga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda davlat hokimiyatini xalqqa yanada yaqinlashtirish, xalq hokimiyatchiligi asoslarini yanada kuchaytirish uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ko‘ra hokimlar va mahalliy Kengashlarning vakolatlari bir-biridan ajratilishi belgilandi. 

Farmon – mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, O‘zbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoida va vazifalar belgilab berildi.

Ushbu qoida va vazifalar ijrosini ta’minlash chora-tadbiri sifatida Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyati ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlashda “namunali mahalliy Kengash”larni tashkil etish muhimligi va zarurligi e’tirof etildi. 

“Namunali mahalliy Kengashlar”ni tashkil qilishdan asosiy maqsad – mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati uchun uslubiy-amaliy platforma yaratish orqali ularning qiyosiy-tahliliy ko‘nikmalarini shakllantirish, xabardorligi va faolligini oshirish, mahalliy Kengashlar faoliyatining minimal shart-sharoitlari yaratilganligini namoyish qilish, tashkiliy-huquqiy va kadrlar masalalarining hal etilishini ko‘rsatish, mahalliy Kengashlarning mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorliklari namunalari bilan tanishishdan iborat.

Shuningdek, tumandagi "Cho'yinchi" mahalla fuqarolar yig'inining yettiligi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda deputatlarning mahalla yettiligi bilan hamkorligi, deputatlaerning aholi muammolari bilan ishlashda o'rni haqida so'z yuritildi. Mahalla yettiligi vakillarining taklif va fikrlari eshitildi.

Slide 1 of 10