Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONARIQ MFYDAGI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Deputatlar Qumariq mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdi.
янв.21
Toshloq tumanida 53-Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
XONARIQ MFYDAGI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati R. Matqulov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O. Nazirxo‘jayev hamda Xonariq MFY raisi R. Mirzayevlar tomonidan Xonariq mahalla fuqarolar yig‘inidagi Xolmatobod oilaviy shifokorlik punktida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

Oilaviy shifokorlik punktida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan suhbat tashkil etilib, sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy sug‘urtaga o‘tish jarayoni, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli va oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar profilaktikasi masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida piyoda yurish va jismoniy faollikni keng targ‘ib etish orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4