Guliston shahar “Baxt” mahallasida davlat dasturi doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, quyidagi ko‘chalar qamrab olingan:
Adiblar ko‘chasi – 250 metr
“Yangi asr” ko‘chasi – 230 metr
“Oqoltin” ko‘chasi – 260 metr
Abdulla Oripov ko‘chasi – 250 metr
“Toji mahal” ko‘chasi – 400 metr
Zarshunos ko‘chasi – 200 metr
“Sog‘lom avlod” ko‘chasi – 200 metr
✅Umumiy hisobda 1 800 metr uzunlikdagi ichki yo‘llarni asfalt qilish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda Guliston shahar Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan ko‘chalarni tayyorlash va shag‘allash ishlari olib borilmoqda.
📊Mazkur jarayonlar hudud deputati E. Abdurahmonov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi hamda ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratga olindi.
Ta’kidlanishicha, asfaltlash ishlari tasdiqlangan loyiha asosida davom ettiriladi.