Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati S. Vosiyev va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshloq tuman tashkiloti raisi G.Raximovalar tomonidan Suvboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari hamda atrofidagi maydonlarining tozaligi va yoritilishi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi sanitariya holati, yoritish tizimlarining ishlash darajasi, mavjud kamchilik va muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayrim joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni hal etish, ko‘p qavatli uylar atrofini yanada obod va xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilab olindi.