Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BESARANG MAHALLASIDA KO‘PRIKNI TA’MIRLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
SUVBOSHI MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR ATROFIDAGI HOLAT O‘RGANILDI.
янв.21
O‘ZBEKISTON MAHALLASIDA TO‘PQO‘RG‘ON KO‘CHASINING ASFALTLASH ISHLARI MONITORING QILINDI
янв.21
SUVBOSHI MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI ATROFLICHA TAHLIL QILINDI
янв.21
KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MTTLARDA GIGIYENA VA OVQAT SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DO‘STLIK MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘LARIQ MAHALLASIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
FAROG‘AT MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARGA KO‘MAK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12–“Sharq yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova hamda mahalla raisi tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida “Sharq yulduzi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uyda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ushbu uylarning umumiy foydalanishdagi hojatxonalari avariya holatida ekani, kanalizatsiya tizimi ishlamayotgani hamda tandirxonalar mavjud emasligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1