Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi.
янв.21
“Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida uchrashuv
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
YASHIL MAKON: TOSHLOQ TUMANIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA.
янв.21
YANGIYO‘L MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA FAOLLIGINI OSHIRISHGA E’TIBOR KUCHAYMOQDA.
янв.21
Markaziy dehqon bozorida narx barqarorligi va xavfsizlik choralari tekshirildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
O‘zbekistonlik para shaxmatchilar yurtga munosib natijalar bilan qaytishdi!

Hindistonning Goa shahrida o‘tgan IPCA tasnifidagi XXIV Jahon chempionati jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilarimiz uchun yana bir ulkan muvaffaqiyat sahnasiga aylandi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘z mahorati va irodasini namoyish etib, yurtimiz hisobiga qator medallarni qo‘shishdi.
O‘zbekistonlik para shaxmatchilar umumiy hisobda 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Ularning har biri — mehnat, qat’iyat va tinimsiz mashg‘ulotlarning munosib natijasi.
Ayniqsa, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Aralov Anvar Mamadaliyevichning ishtiroki va sovrindorlik bilan Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgani alohida e’tiborga loyiq. Uning bu yutug‘i tumanimiz va mamlakatimiz uchun faxrdir.
Musobaqadan qaytgan shaxmatchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida iliq kutib olinib, ularning muvaffaqiyatlari keng jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi.

#IPCA2025 #ZarbdorTumani #SportFaxri #Shaxmat

Slide 1 of 4