Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi.
янв.21
“Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida uchrashuv
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI
янв.21
YASHIL MAKON: TOSHLOQ TUMANIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA.
янв.21
YANGIYO‘L MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA FAOLLIGINI OSHIRISHGA E’TIBOR KUCHAYMOQDA.
янв.21
Markaziy dehqon bozorida narx barqarorligi va xavfsizlik choralari tekshirildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Deputat yoshlar bilan uchrashdi

 Xalq deputatlari Oltinoy tuman Kengashi deputati DilbarTuropova tomonidan yoshalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi masalaga bag‘ishlandi. 

Tadbirda tuman xotin-qizlar faollari, yosh oilalar va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Deputat D.Turopova o‘z nutqida oila jamiyatning
asosiy bo‘g‘ini ekanligi, mustahkam oila — barqaror jamiyat poydevori ekanini ta’kidladi.
Shu bilan birga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda mas’uliyat, mehr-oqibat va o‘zaro tushunish hissini shakllantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
 

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga oilaviy munosabatlarda huquqiy madaniyatni oshirish, nizolarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib etish va bolalar tarbiyasida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, yosh oilalarning muammo va takliflari tinglandi.
 

Tadbir yakunida deputat D.Turopova yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar, ipoteka dasturlari va bepul psixologik maslahat xizmatlari haqida ma’lumot berdi. Yoshlar esa o‘z navbatida, oilaviy hayotga oid bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan bunday uchrashuvlarni
muntazam o‘tkazishni so‘radilar.
 

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi tashabbuslar yoshlar ongida sog‘lom oilaviy qadriyatlarni
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.


Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 2