Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XONARIQ MFYDAGI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTIDA TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Deputatlar Qumariq mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdi.
янв.21
Toshloq tumanida 53-Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Joriy yilning 11-oktabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 243-maktabda “Ochiq budjet” loyihasi doirasida qurib bitkazilgan sport maydonchasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Katta bayram va tantana tarzida tashkil qilingan tadbirda barcha o‘quvchilar faol qatnashdilar. 1–2-sinf o‘quvchilari “Hosil bayrami” doirasida tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsalar, 3–4-sinf o‘quvchilari fan doirasida o‘tilgan mavzular bo‘yicha loyiha ishlari taqdimotini tayyorladilar.

5–6-sinf o‘quvchilari “5 tashabbus” doirasida rasm chizish tanlovini tashkil etdilar.

7–8-sinf o‘quvchilari “Qo‘l ishlari ko‘rgazmasi”ni tashkil qilgan bo‘lsalar, 9-sinf o‘quvchilari sinflar kesimida “Osh tanlovi”da o‘zaro bellashdilar.

10-sinf o‘quvchilari viloyatlarning geografik joylashuvi, aholisi va sanoati haqida ma’lumot berib, viloyatning o‘ziga xosligi hamda qadriyatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

Katta ishtiyoq bilan tashkil qilingan bayramga o‘quvchilarni taqdirlash va tabriklash uchun bir qator mehmonlar tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Javlonov Shavkat Sardorovich o‘quvchilar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning ijodiy ishiga yuqori baho berdilar.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi raisi Rahmonov Abduxalil Rasulovich o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari bilan ishtirok etdilar.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi, Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Alimov Farhod Sharibovich ham tadbirda ishtirok etib, maktab uchun esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Slide 1 of 9