35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
31 июл 2026

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, tuman hokimi S.Ergashev tomonidan Sirg'ali, Mustaqillik, Qashqarlik, Ayriota, Bog'bon, Ibrat va Darxon mahalla yettiligi a’zolari bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

imgUnda aholi farovonligini ta’minlash, tizim samaradorligini oshirish hamda joriy yil 16-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amaliyotga joriy etish masalalari chuqur muhokama qilindi.

Deputat faoliyati Obodlik va farovonlik sari tashlangan navbatdagi qadamlar

imgXalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi deputati, tumani hokimi S.Ergashev tegishli o‘rinbosarlar va tashkilot rahbarlari hamrohligida hududlardagi obodonlashtirish ishlari hamda aholi yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 4-Guliston okrugi Bog'bon, Qashqarlik hamda Ayriota mahallalarini o'rgandi

Toshkent tumanidagi tayanch mahallalarda obodonlashtirish va rivojlantirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda

imgXala deputatlari Toshkent tuman Kengashi deputati, tumani hokimi S.Ergashev joriy yilning 29 iyul kuni tumanda "og'ir" (tayanch) hudud sifatida belgilangan Darxon mahallasi hamda uning atrofida joylashgan Qashqarlik, Ayriota, Ibrat, Bog'bon va Mustaqillik mahallalarida o‘rganish olib bordi.

Aholi osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi amaliy qadamlar

img2026 yil 28-iyul kuni Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent tumani boʻylab keng qamrovli oʻrganish ishlarini amalga oshirdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tumani hokimi S.Ergashev hamrohligida oʻtkazilgan mazkur jarayonda tumanning bir nechta hududlari bevosita koʻzdan kechirilib, jamoat tartibini saqlash borasidagi holat atroflicha tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXIII-sessiyasi bo`lib o`tdi

imgXalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXIII-sessiyasi o'z ishini qizg'in davom ettirmoqda. Ushbu nufuzli yig'ilishda tumanimizning ertangi kuni va xalqimiz farovonligini ta'minlashga qaratilgan dolzarb masalalar ko'rib chiqilmoqda. Xususan, tuman hokimi Sardorbek Ergashev joriy yilning birinchi yarmida hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar sarhisobi yuzasidan minbardan turib hisobot bermoqda.