Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziyev Tolibjon Nazarovichning axboroti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Institutsional salohiyatni oshirish guruhi, moliya menejeri - Ilyosov Behzod Bozorovichlarning axborotlari deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mumoniv Obidjon Odilovicho‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultanova Shaxnoza Abduvahitovnaning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Kun tartibidan joy olgan masalalar:

🔺Dastlab deputatlar tomonidan kun tartibidagi Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yil birinchi yarim yillik ijrosi to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari – Xudaybergenov Dauletiyar Baxtiyarovichning hisoboti tinglandi.

🔺 Shuningdek Joriy yilning III choragida Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar hamda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiev Abdurahmon Abdurashitovichning hisobotini tingladi.

🔺 Toshkent shahrida Toshkent shahrida ichimlik suvi, issiq suv, elektr energiyasi (xususan energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, energiya samaradorligi) ta’minoti holati, tabiiy gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasidagi ishlar holati hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati (isitish tizimi), ayniqsa, ijtimoiy soha ob’ektlarida (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar oliy ta’lim, tibbiyot muassasalari) joriy yilning III choragida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mumoniv Obidjon Odilovich o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-26-134-14-0-K/26-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hamda Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li o‘z hisobotlarini sessiya qatnashchilariga taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahrida Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish borasida joriy yilning III choragida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultanova Shaxnoza Abduvahitovna deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yil III chorak davomida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziyev Tolibjon Nazarovich deputatlarga axborot berdi.

🔺Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan aholi salomatligini asrash, kasalliklarni oldini olish va profilaktika qilishning haqiqiy holati, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va natijasini muhokama qilish to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichh deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarov Xamdam Shuxratovichlar tomonidan sessiya qatnashchilariga hisobot berildi.

🔺Olmazor tumani “Chuqursoy” MFY hududida 540 o‘ringa mo‘ljallangan yangi barpo etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga 444-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida yuridik maqom berish to‘g‘risidagi hamda Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida 360 o‘ringa mo‘ljallangan yangi barpo etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga 474-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida yuridik maqom berish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li deputatlarga hisobot berdi.

🔺Toshkent shahrida 2026-yil III-choragida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri – Ravshanbekov Davronbek Ravshanbekovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish haqida masalalaga tegishli bo‘lgan tashkilot rahbarlari tomonidan hisobot berildi.

⏺️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bu galgi sessiyasida shu va boshqa masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting!

👉 Batafsil ma'lumot 👈

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10