Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziyev Tolibjon Nazarovichning axboroti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Institutsional salohiyatni oshirish guruhi, moliya menejeri - Ilyosov Behzod Bozorovichlarning axborotlari deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mumoniv Obidjon Odilovicho‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultanova Shaxnoza Abduvahitovnaning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
YANGIOBOD TEXNIKUMINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Ta’lim muassasasida issiqlik ta’minotining barqarorligi qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratishning muhim omilidir. Shu bois qozonxonaning texnik holati, isitish tizimlarining sozligi va mavsumga tayyorgarlik darajasi alohida e’tibor talab etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tuman texnikumida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida qozonxona holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida qozonxonaning texnik holati, isitish uskunalarining sozligi, issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash imkoniyatlari hamda xavfsizlik talablariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Qozonxona uskunalarini mavsum boshlanishidan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, isitish tizimining samarali ishlashini ta’minlash va ehtimoliy nosozliklarning oldini olish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Deputat tomonidan qozonxona uskunalarining texnik sozligini tekshirish va zarur profilaktik ishlarni bajarish;
— Isitish quvurlari hamda ichki issiqlik tizimlarining holatini nazorat qilish;
— Yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish;
— Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsum davomida uzluksiz issiqlik ta’minotini tashkil etish choralarini ko‘rish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Maqsad — tuman texnikumida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quv xonalari va boshqa binolarda zarur haroratni ta’minlash hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini saqlash.

Slide 1 of 2